AYOLLAR KENGASHI YIG‘ILISHIDA MUHIM MASALALAR KO‘RIB CHIQILDI
Ayollar kengashining joriy yilga mo‘ljallangan ish rejasini kelishish va uni yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida kengash faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilinib, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashga qaratilgan qator tashabbuslar ilgari surildi.
Shuningdek, amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar yuzasidan fikr va takliflar almashilib, ularni samarali tashkil etish mexanizmlari ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish yakunida kengashning kelgusi faoliyati uchun ustuvor vazifalar belgilab olinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.