+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

“O‘ZMETKOMBINAT”DA YONG‘IN XAVFSIZLIGI BO‘YICHA TAKTIK-O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI

“O‘ZMETKOMBINAT”DA YONG‘IN XAVFSIZLIGI BO‘YICHA TAKTIK-O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI
1 / 4

“O‘zmetkombinat” AJning “Elektr tarmoqlari va podstansiya bo‘limi”ga qarashli GPP 100/35/6 podstansiyasida yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan taktik-o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mazkur mashg‘ulot davomida stansiyaning tungi navbatchi xodimlari ishtirokida podstansiya hududida joylashgan kabel tunnellari, tutunni chiqarish tuynuklari, avtomatik xabarlash tizimi hamda drencherli yong‘in o‘chirish tarmoqlarining texnik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi va ularning ishlash samaradorligi baholandi.

Mashg‘ulot yakunida shartli ravishda yuzaga keltirilgan yong‘in holati amaliyotda bartaraf etildi. Shu orqali jalb etilgan kuch va vositalarning taktik imkoniyatlari yana bir bor sinovdan o‘tkazilib, xodimlarning favqulodda vaziyatlardagi amaliy ko‘nikmalari mustahkamlandi.

5.001 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish