+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

ISHLAB CHIQARISHDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

ISHLAB CHIQARISHDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
1 / 4

Sanoat xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish departamenti direktori rahbarligida temir-tersaklarni qayta ishlash bo‘linmasida kombinatga temir-tersak mahsulotlarini olib kelayotgan haydovchilar ishtirokida xizmat yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida mavjud holatlar atroflicha muhokama qilinib, ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, temir-tersaklarni yuklash va tushirish jarayonlarida mehnatni muhofaza qilish hamda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, ushbu yo‘nalishda nazoratni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, qora metall tarkibiga noqonuniy yoki yot jismlar aralashtirilishining oldini olish, barcha jarayonlarni belgilangan tartib va me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshirish muhimligi qayd etildi. Yong‘in xavfsizligi talablariga to‘liq amal qilinishi yuzasidan ham tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tarkibiy bo‘linma rahbarlari va mas’ul mutaxassislarga aniq topshiriqlar yuklatildi hamda ularning ijrosini qat’iy nazoratga olish belgilandi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish