+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

BOSHQARUV RAISI TOMONIDAN NAZORAT TEKSHIRUVI O‘TKAZILDI

BOSHQARUV RAISI TOMONIDAN NAZORAT TEKSHIRUVI O‘TKAZILDI
1 / 3

“O’zmetkombinat” AJ boshqaruv raisi - Bosh direktori Bahodir Abdullayev tomonidan korxona faoliyati keng qamrovli nazorat tekshiruvidan o‘tkazildi. Tekshiruv jarayonida ishlab chiqarish jarayonlari, mehnat va xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi hamda korxona ichki tartib-taomillari har tomonlama ko’rib chiqildi. 

Boshqaruv raisi tekshiruv davomida korxona faoliyatidagi mavjud jarayonlarni chuqur o‘rganib chiqdi va aniqlangan kamchiliklar hamda takomillashtirish imkoniyatlari bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi. Shu bilan birga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi.

Tekshiruv yakunida Bahodir Abdullayev korxona xodimlariga samarali ishlash, sifat va xavfsizlik standartlariga qat’iy rioya qilish hamda kelgusida barqaror va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berdi. Shu bilan birga, tekshiruv natijalari asosida ilgari suriladigan tashkiliy va innovatsion chora-tadbirlar rejasi shakllantiriladi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish