+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

O‘ZMETKOMBINAT”DA TALABALAR UCHUN AMALIYOT TASHKIL ETILDI

O‘ZMETKOMBINAT”DA TALABALAR UCHUN AMALIYOT TASHKIL ETILDI
1 / 4

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti talabalari “O‘zmetkombinat” AJga tashrif buyurdi. Tashrif O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati faxriylar kengashining ish rejasi doirasida, uning Bekobod shahar hududiy filiali hamkorligida tashkil etildi.

Amaliyot davomida metallurgiya yo‘nalishi talabalari uchun navli prokat, ferroqotishmalar va rangli metallar ishlab chiqarish texnologiyalari bo‘yicha ma’ruzalar o‘tkazildi. Talabalar ishlab chiqarish jarayonlari bilan bevosita tanishtirildi.

Tadbirda Faxriylar kengashi vakillari Ma’murjon Madumarov, Olim To‘ychiyev, Edem Ablyazizov va Almira Petrova ishtirok etib, texnologik jarayonlar yuzasidan ma’lumot berdi.

5.002 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish