“BOSHQARUV RAISI KUBOGI”: FINAL YO‘LLANMASI UCHUN MUROSASIZ BAHSLAR KECHDI
Kombinat yoshlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Boshqaruv raisi kubogi” musobaqasining chorak hamda yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bahslar davomida jamoalar tomonidan yuqori sport mahorati va murosasiz kurash namoyish etildi.
Chorak final bosqichida Zoldir prokat bo‘linmasi, “Metallurgiya Servis markazi” MCHJ-2, Ijroiya apparati hamda Quyuv-prokatlash majmuasi-2 jamoalari yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Yarim final uchrashuvlari yakuniga ko‘ra, finalga “Metallurgiya Servis markazi” MCHJ-2 va Zoldir prokat bo‘linmasi jamoalari yo‘l oldi.
Shuningdek, uchinchi o‘rin uchun Quyuv-prokatlash majmuasi-2 hamda Ijroiya apparati jamoalari maydonga tushadi. Jamoalarga musobaqaning hal qiluvchi bahslarida muvaffaqiyat tilanadi.