+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

Energetik modernizatsiya sari yangi qadam: “O‘zmetkombinat” Toshiba–Sieyuan bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Energetik modernizatsiya sari yangi qadam: “O‘zmetkombinat” Toshiba–Sieyuan bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
1 / 5

   Xitoyga amaliy tashrif doirasida “O‘zmetkombinat” AJ delegatsiyasi Toshiba va Sieyuan Electric qo‘shma korxonasi — Changzhou Sieyuan Toshiba Transformer Co., Ltd. zavodiga tashrif buyurdi.Delegatsiya yuqori kuchlanishli kuch transformatorlarini ishlab chiqarish, yig‘ish va sinovdan o‘tkazish jarayonlari hamda zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishdi. Muzokaralarda kombinat transformator xo‘jaligini modernizatsiya qilish, mavjud uskunalarning ishonchliligi va samaradorligini oshirish, shuningdek, BESS — elektr energiyasini saqlash tizimlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi. BESS texnologiyasi elektr energiyasi iste’molidagi yuqori yuklamalarni boshqarish, elektr ta’minoti barqarorligini oshirish va energiya resurslaridan samarali foydalanish imkonini beradi. Uchrashuv yakunida transformatorlarni modernizatsiya qilish va BESS tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shma texnik-iqtisodiy yechimlarni ishlab chiqish hamda hamkorlikni davom ettirishga kelishildi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish