Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Biz haqimizda / Kombinat haqida

"O'zmetkombinat" aksiyadorlik jamiyati

20.09.2023 17.01.2024 1713

O‘zbekiston metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati (“O‘zmetkombinat” AJ) Markaziy Osiyoda qora metallurgiya sanoati to‘ng‘ichi va mamlakatimizda navli prokat mahsulotlari hamda po‘lat zoldirlar ishlab chiqaruvchi yirik korxona hisoblanadi. O‘zbekistondagi eng ko‘p soliq to‘lovchi korxonalarning 10 taligidan joy olgan “O‘zmetkombinat” AJda bugungi kunda 100 turdan ortiq mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Ular jumlasiga qora va rangli metal mahsulotlari, qurilish materiallari va keng turdagi xalq iste’mol mollari kiradi.

Kombinat ko‘plab boshqa korxonalar bilan mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Kombinatda amalga oshirilayotgan tizimli ishlar katta hajmdagi, yuqori sifatli, eksportbop va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha belgilangan vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi garovidir.

Bugun “O‘zmetkombinat” AJ rivojlangan ishlab chiqarish, transport va ijtimoiy infratuzilmaga ega bo‘lib, yetakchi metallurgiya korxonalari qatoridan munosib o‘rin egallab, O‘zbekistonning yirik sanoat gigantlaridan biriga aylandi. Kombinatning umumiy yer maydoni 400 gektardan ortiq bo‘lib, korxona 1944-yil 5-mart kuni Marten pechida birinchi po‘lat eritmasi olinishi bilan o‘z faoliyatini boshlagan. Ushbu sana esa “O‘zmetkombinat” AJning tug‘ilgan kuni sifatida nishonlanadigan kun bo‘lib qoldi.

“O‘zmetkombinat” AJning tashkiliy tuzilmasi.

“O‘zmetkombinat” AJ tarkibiy bo‘linmalari haqida ma’lumotlar hamda ularning vazifa va funksiyalari.

 

4.53

(19 ovoz)



Sayt test rejimida ishlamoqda