“O‘zmetkombinat”da Pokiston delegatsiyasi: hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi
Pokiston Islom Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiya “O‘zmetkombinat” AJda bo‘lib, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va zamonaviy texnologiyalari bilan tanishdi.Tashrif davomida mehmonlarga kombinatning ishlab chiqarish salohiyati, mahsulot turlari va rivojlanish istiqbollari haqida ma’lumot berildi.
Delegatsiya vakillari ishlab chiqarish sexlarida bo‘lib, texnologik jarayonlarni bevosita kuzatdi.Uchrashuvda O‘zbekiston–Pokiston savdo-iqtisodiy aloqalarini, xususan, metallurgiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.Tomonlar mahsulot yetkazib berish, tajriba almashish, investitsiyaviy hamkorlik va yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi. Tashrif ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.