«O‘ZMETKOMBINAT» AJ, BEKOBOD SHAHAR HOKIMLIGI VA CHINA CONSTRUCTION KOMPANIYASI: YANGI BEKOBOD TARAQQIYOTI YO‘LIDA HAMKORLIK
«O‘zmetkombinat» AJ, Bekobod shahar hokimligi va Xitoyning China Construction kompaniyasi hamkorligida Bekobod shahrini zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or shaharsozlik yechimlari asosida rivojlantirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.Bugungi uchrashuvda Bekobod shahri infratuzilmasini takomillashtirish, zamonaviy muhandislik yechimlarini joriy etish va aholi uchun qulay yashash muhitini yaratishga qaratilgan asosiy loyihalar bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.Ushbu maqsad yo‘lida «O‘zmetkombinat» AJ rahbariyati va shahar hokimligi hamkorlikda izchil ish olib bormoqda.