E’LON!
Umumiy hashar doirasida kombinatning barcha tarkibiy bo‘linmalari, boshqarmalari va tasarrufidagi MChJlar o‘rtasida «Obodlik va bunyodkorlik — umumiy maqsadimiz» shiori ostida tanlov o‘tkaziladi! Tanlovda faol ishtirok, hududlar tozaligi va obodligi, daraxt va gul qalamchalarini tayyorlash, ijodiy tashabbuslar hamda daraxtlar va bordyurlarni oqlash ishlari 100 ballik tizimda baholanadi.1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari munosib taqdirlanadi! Barchangizni hasharda faol qatnashib, kombinatimiz obodligiga hissa qo‘shishga chorlaymiz!