+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

Bayram tadbiri

Metallurglar madaniyat saroyida o‘tkazilgan bayram tadbiriga kombinat sexlarida mehnat qilgan faxriylar va ishlab kelayotgan ustozlar taklif qilindi. Samimiy suhbat tarzida o‘tgan bayram tadbirida ustoz metallurglar o‘zlarining ko‘p yillik mehnat faoliyatlari, hayotiy tajribalari haqida yig‘ilganlarga so‘zlab berishdi. Shu bilan birga kombinat ishchi-xodimlari va yoshlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. 

Tadbir yakunida Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Elzara Veliullayeva barcha ustozlarning sharafli mehnat faoliyatlarini yuksak e'tirof etib, ularni bayram bilan qutlab, samimiy tilaklarini bildirdi. Shundan so‘ng bayram munosabati bilan barcha ustozlarga Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining qimmatbaho esdalik sovg‘alari va guldastlar topshirildi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş