"UCH BOSQICHLI HIMOYA" MODELI
Bugun Xodimlar malakasini baholash, o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasida kombinat tarkibiy bo‘linmalari xavf koordinatorlari uchun xavflarni boshqarish siyosatiga muvofiq "Uch bosqichli himoya" (3 LoD) modeli doirasida Komplayens xizmati xodimlari tomonidan o‘quv kursi tashkil etildi.O‘quv kursida Komplayens xizmatining 2023 - 2024-yillardagi faoliyati, kombinatda ochiqlik yo‘nalishida bajarilgan ishlar hamda korrupsiyaning oldini olish, monopoliyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi haqida keng qamrovli tushunchalar berildi.