"YASHIL MAKON" LOYIHASI KENG QAMROVDA DAVOM ETADI
Davlatimiz rahbari yaqinda "Yashil makon" loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish va chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Yig‘ilishda "Yashil makon" doirasidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Jumladan, yirik sanoat korxonalarida, barcha sanoat zonalari atrofida "yashil belbog‘lar" tashkil qilish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Atrofni toza va ozoda tutish xalqimizga xos fazilatlardan biridir. Bu borada bekobodlik metallurglarni ham ibrat qilib ko‘rsatish mumkin. Ayni kunlarda "O‘zmetkombinat" AJ hududlarini obodonlashtirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Kuni kecha "Yashil makon" loyihasi doirasida Xalq iste'mol mollari ishlab chiqarish bo‘linmasi hamda Klining va Avtotransport xizmati ishchi-xodimlari kombinatning tashqi hududlarida tozalash ishlarini olib borishdi. Ariqlar tozalandi, atroflar supurildi, xazon va chiqindilar to‘planib, maxsus belgilangan joylarga olib chiqib ketildi.
Albatta tozalik, ozodalik, obodlik ko‘ngildan boshlanadi deyishadi. Bu kabi qilinayotgan ishlar hududlarimizning yanada chiroyli bo‘lishga qaratilgandir. Zotan bu mehnatlar atrof-muhitning go‘zal va ekologiyaning toza bo‘lishiga xizmat qiladi.