+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

"O‘ZMETKOMBINAT" AJ OCHIQLIK INDEKSI - "YASHIL" TOIFADA

"O‘ZMETKOMBINAT" AJ OCHIQLIK INDEKSI - "YASHIL" TOIFADA
1 / 3

       Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Ochiqlikni ta'minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Unda 2023-yil yakunlariga ko‘ra shakllantirilgan Ochiqlik indeksida davlat idoralari qayd etgan koʻrsatkichlar atroflicha muhokama qilinib, yakuniy natijalar jamoatchilikka e'lon qilindi.

     Ikkinchi bor e'lon qilinayotgan Indeksda jami 103 ta (2022-yilda – 86 ta) davlat idoralari va tashkilotlari faoliyati qamrab olinib, 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida shakllantirildi.Baholash natijalariga ko‘ra, 31 ta idora va tashkilot "yashil" (71-100 ball), 43 tasi "sariq" (55-71 ball) va 29 tasi "qizil" (55 balldan past) samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayd etgan.

E'tiborlisi, "O‘zmetkombinat" aksiyadorlik jamiyati ushbu reytingda 77,5 ball bilan "yashil" toifada qayd etildi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish