+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

AJOYIB HANGOMALAR

AJOYIB HANGOMALAR
1 / 6

Kuni kecha Metallurglar madaniyat saroyida kombinat ishchi-xodimlarining madaniy hordiq chiqarishlari uchun Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan "Ajoyib hangomalar" nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘z ustalari Erkin Juliyev, Ro‘zimboy Allanazarov, Sherzod Boymurodov, G‘ulom Ernazarovlar o‘zlarining hazillari, ajoyib hangomalari bilan barchaga o‘zgacha ruh va ko‘tarinki kayfiyat baxsh etishdi.

Kulgi inson hissiyotlarini aks ettiruvchi vositadir. U orqali inson xursandchiligini, kayfiyati yaxshiligini bayon qiladi. Aynan shu kungi tadbirda ham so‘z ustalari tomonidan aytilgan latifalardan tomoshabinlarning ko‘ngillari ko‘tarilib, yuzlariga tabassum yugurdi. Qolaversa, xonanda Layloxonim tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga birdek manzur bo‘ldi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş