KORRUPSIYA –TARAQQIYOT KUSHANDASI
"O‘zmetkombinat" AJ tomonidan korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish va chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, Xodimlar malakasini baholash, o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasida "ISO:37001 korrupsiyaga qarshi kurashish boshqaruvi tizimi menejeri/ichki auditori" mavzusida malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Mazkur o‘quv kursga "SMART MANAGEMENT" MCHJ o‘quv markazining malakali mutaxassisi, ko‘p yillik murabbiylik va auditorlik tajribasiga ega Rahimjon Xakimov jalb qilindi. Ushbu malaka oshirish kursida ishlab chiqarishdan ajralgan holda kombinatning 52 nafar rahbar xodimi ishtirok etdi.