+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

SANOAT XAVFSIZLIGI – ISHNING ENG MUHIM SHARTI

SANOAT XAVFSIZLIGI – ISHNING ENG MUHIM SHARTI
1 / 4

Joriy yilning 15-aprelidan 19-apreliga qadar Xodimlar malakasini baholash, o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasida kombinat ishchi-xodimlarining mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘yicha malakasi oshirildi.

"Sanoat xavfsizligi" mavzusida bo‘lib o‘tgan nazariy mashg‘ulotlarni O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi Davlat qo‘mitasi "Kontexnazorat o‘quv" DMning malakali mutaxassislari yuqori saviyada olib borishdi.

Ushbu malaka oshirish kursida kombinatning 40 nafar ishchi-xodimi ishlab chiqarishdan ajralgan holda qatnashdi. O‘quv kursi yakunida imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan ishchi-xodimlar malaka sertifikatlariga ega bo‘lishadi.

      .

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş