Samarqand shahriga sayohat
Respublika Konchilik va metallurgiya sanoati faxriylar kengashi Bekobod shahar hududiy filiali tomonidan bir guruh kombinat mehnat faxriylari uchun Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.
Ikki kunlik sayohat davomida faxriy metallurglar ushbu qadimiy shaharning tarixiy obidalari va qadamjolarini katta qiziqish bilan tomosha qilishib, unutilmas yorqin taassurotlarga ega bo‘lishdi.