KASBIY BILIM VA KO‘NIKMALARI OSHIRILMOQDA
Bugungi kunda kombinatda mavjud kasblar bo‘yicha tizimli ravishda malaka oshirish kurslari tashkil etib kelinmoqda. Jumladan, ayni kunlarda kombinatning gaz uskunalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalari oshirilyapti. Ular uchun Xodimlar malakasini baholash, o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasida "Gaz uskunalariga xizmat ko‘rsatishda xavfsizlik qoidalari va foydalanishga ruxsat" mavzusida o‘quv kursi tashkil etilgan.
Malaka oshirish kursi joriy yilning 15-aprel kuni boshlangan bo‘lib, 25-aprelga qadar davom etadi.
Ushbu kursda kombinatning bir qator tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan 22 nafar xodim ishtirok etmoqda.
Tinglovchilarga nazariy mashg‘ulotlarni Energetika bo‘linmasi qozonxona ustasi Vohid Tursunov, amaliy mashg‘ulotlarni esa Sanoat xavfsizligi bo‘limi va mehnat muhofazasi departamentining 2-toifali muhandisi Fahriddin Fayziyevlar olib bormoqda