YANGI PLATFORMA ISHGA TUSHIRILDI!
Joriy yil 1-apreldan "O‘zmetkombinat" AJ Boshqaruv raisi - Bosh direktorning tegishli buyrug‘iga asosan, Axborot texnologiyalari direksiyasi hamda Xodimlar malakasini baholash, o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan kombinat ishchi-xodimlarining malakasini baholovchi test olish platformasi (Edu.uzbeksteel.uz) ishga tushurildi.
Mazkur platforma foydalanuvchilar uchun juda qulay bo‘lib, Xodimlar malakasini baholash, o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasiga qo‘yilgan vazifalarni samarali tashkil etishda yuqori o‘rinni belgilaydi.
Ushbu platformaning asoschisi kombinat Axborot texnologiyalari direksiyasi chiziqli bo‘lmagan tahlil tizimlari dasturchisi Jamshid Tashmatov hisoblanadi.