Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

YAKUNIY SINOV IMTIHONLARI O‘TKAZILDI

23.04.2024 23.04.2024 54

Xabaringiz bor, "O‘zmetkombinat" AJda 2023-yil 18-dekabrdan boshlab kran mashinisti (ko‘prikli va chorpoyali) kasbi bo‘yicha tijorat o‘quv kursi tashkil etilgan edi.

Joriy yilning 19-apreliga qadar davom etgan ushbu kursda hamshaharlarimizdan 12 nafar tinglovchi ishtirok etdi. Ushbu davr mobaynida ular kran mashinisti (ko‘prikli va chorpoyali) kasbi bo‘yicha nazariy bilimga hamda uni mustahkamlash va ish tajribasiga ega bo‘lishlari uchun amaliy tajribalarga ega bo‘lishdi.

Amaliy mashg‘ulotlar kombinatning Navli prokatlash, Zoldir prokatlash hamda Xalq iste'mol mollari ishlab chiqarish bo‘linmalarida o‘tkazildi.

Bugun Xodimlar malakasini baholash, o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasiga kran mashinisti (ko‘prikli va chorpoyali) kasbi bo‘yicha malaka komissiyasi taklif etilib, ushbu tijorat o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarning yakuniy bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

Tijorat o‘quv kursi nizomiga muvofiq sinov imtihonlaridan o‘tgan tinglovchilarga tanlagan kasbi bo‘yicha malaka toifasini belgilovchi guvohnomalar taqdim etiladi.

 

0

(0 ovoz)



Sayt test rejimida ishlamoqda