+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

ZO‘RAVONLIKSIZ OILA – FAROVON HAYOT SARI

Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta'minlash borasidagi islohotlar tizimli davom ettirilmoqda. Bu ishlarni yangi pog‘onaga olib chiqish maqsadida 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi qabul qilingan.

Ushbu yo‘nalishda "O‘zmetkombinat" AJda ham tizimli ishlar amalga oshirilyapti. Jumladan, kuni kecha Xalq iste'mol mollari ishlab chiqarish bo‘linmasi majlislar zalida Ayollar kengashi raisi Marhabo Holiqova boshchiligida bo‘linmada mehnat qilayotgan xotin-qizlar bilan "Zo‘ravonliksiz oila – farovon hayot sari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida xotin-qizlarning qadr-qimmati, huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari va boshqa masalalar haqida so‘z yuritildi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş