Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

METALLURGIYA SOHASIDA MAHORAT DARSLARI

25.04.2024 25.04.2024 45

Respublika Konchilik va metallurgiya sanoati faxriylar Kengashi Bekobod shahar hududiy filiali tashabbusi bilan bir guruh kombinat mehnat faxriylarining Toshkent davlat texnika universitetiga va Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti "MISiS"ning Olmaliq filialiga tashrifi tashkil etildi.

Tashrif davomida mehnat faxriylari Almira Petrova, Edem Ablyazizov, Isroil Nazarov, Ma'murjon Madmarovlar tomonidan o‘quv maskanlarining "Metallurgiya" kafedrasi metallurgiya yo‘nalishi talabalari uchun dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Dars jarayonlarida sohada katta tajribaga ega bo‘lgan mehnat faxriylari po‘lat eritish, prokat ishlab chiqarish, rangli metallar va ferroqotishmalar mavzulari bo‘yicha hamda metallurgiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, zamonaviy texnologiyalar, kombinatda olib borilayotgan investitsion loyihalar haqida talabalarga so‘zlab berishdi.

Shu bilan birga metallurgiya sanoatidagi mavjud muammolar, ularning turli xil ilmiy yechimlari haqida ham talabalar bilan o‘zaro fikrlar almashildi.

 

0

(0 ovoz)



Sayt test rejimida ishlamoqda