Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

VAKILLARIMIZ G‘OLIB VA SOVRINDORLAR SAFIDA

25.04.2024 26.04.2024 43

28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan "Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan Respublika ko‘rik-tanlovi''ning Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ko‘rik-tanlovda viloyatdagi korxona va tashkilotlarda kasaba uyushmasi va mehnat muhofazasi yo‘nalishi bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan mutaxassislar ishtirok etishib, bir qator nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanishdi.

Tanlovda g‘olib va sovrindorlar safida "O‘zmetkombinat" AJ vakillarining ham borligi biz uchun quvonarlidir:

"Eng yaxshi kasaba uyushma qo‘mitasi" nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasi kasaba qo‘mitasi raisi Ma'ruf Allamuratov egalladi.

"Eng yaxshi tashkilot" nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘ringa Temir-tersaklarni qayta ishlash bo‘linmasi loyiq deb topildi.

"Eng yaxshi mehnat muhofazasi vakili" nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rinni Elektrotexnika laboratoriyasi muhandisi Lochin Djurayev qo‘lga kiritdi.

"Eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha yosh mutaxassis" nominatsiyasi bo‘yicha 3-o‘rin Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi departamenti muhandisi Shahboz Eraliyevga nasib qildi.

G‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

0

(0 ovoz)



Sayt test rejimida ishlamoqda