XODIMLAR XAVFSIZLIGI KATTA MAS'ULIYAT - SANOAT XAVFSIZLIGI VA MEHNAT MUHOFAZASI DEPARTAMENTINING VAZIFASI
Sanoat xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish, "O‘zmetkombinat" AJning ishchi-xodimlari, texnikasi va faoliyati uchun muhim masalalardan biridir. Sanoat xavfsizligi tizimlari sanoat kasb-hunarlarini, qurilmalarini va sifatini oshirishga, avvalgi xavfli holatlarni oldini olishga qaratilgan. Bu ishchi-xodimlarni kasallik va zararli o‘tkir kasb-hunar usullari, elektr ta'siri va boshqa xavflardan himoya qilishga erishishda yordam beradi.
Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi departamenti O‘zbekiston Respublikasining "Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi va "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida"gi Qonunlari talablarini ishlab chiqarishga joriy etadi va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Shuningdek, ishchi-xodimlarning hayoti va sog‘ligi ustuvorligini ta'minlaydi, sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasi va yong‘in xavsizligi sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshiradi.