Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Yig‘ilish o'tkazildi

02.05.2024 02.05.2024 41

Ijroiya apparati majlislar zalida Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari – Ijrochi direktor Roman Garayev boshchiligida tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda har bir rahbarga qo‘l ostidagi ishchi-xodimlarni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, jamoa shartnomasi, odob-ahloq qoidalari, mehnat intizomi hamda kombinatning ichki qonun-qoidalari bilan yaqindan tanishtirish vazifasi yuklatildi.

Shu bilan birga Yuridik departament direktori tomonidan ishchi-xodimlarga nisbatan qo‘llaniladigan intizomiy jazo choralari, ularning amal qilish muddati va qo‘llanilgan intizomiy jazo choralarini muddatidan oldin bekor qilish masalalari yuzasidan tushuntirish berildi.

Bundan tashqari bugungi kunda rahbar va mutaxassislar sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasi hamda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha doimiy faoliyatdagi komissiya (DFK) imtihonlarini topshirishlarida yanada shaffoflikni ta'minlash maqsadida tb.uzbeksteel.uz platformasi yo‘lga qo‘yilganligi va ushbu platforma bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirib borish masalasi ham alohida ta'kidlandi. Shuningdek, yig‘ilishda ishlab chiqarishga oid boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

 

0

(0 ovoz)



Sayt test rejimida ishlamoqda