+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

"O‘ZMETKOMBINAT" AJ VA GERMANIYA O‘RTASIDA SAMARALI HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI!

"O‘ZMETKOMBINAT" AJ VA GERMANIYA O‘RTASIDA SAMARALI HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI!
1 / 3

Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Germaniya davlatida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida bo‘lib o‘tgan qo‘shma biznes-forumda "Yashil" energetika, qazib chiqarish, kimyo, farmasevtika tarmoqlarida transport infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, innovatsiya va boshqa sohalardagi kooperatsiya loyihalari bo‘yicha umumiy qiymati 9 milliard dollarlik savdo, investitsiyaviy va texnologik loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

       Jumaladan, "O‘zmetkombinat" AJ va "M7 METALS" o‘rtasida metall prokatini sotish va metall mahsulotlari eskporti bo‘yicha shartnomalar tuzish maqsadida memorandum imzolandi.Umuman, tashrif doirasida iqtisodiyot, savdo, moliya, ta'lim, fan va innovatsiya sohalarida 16 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.

      O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash va qo‘shma loyihalar soni ikki barobar ortib, Germaniyadan O‘zbekistonga investitsiyalar hajmi 5,5 milliard dollarga yetdi, shundan 4 milliard dollar oxirgi 6 yilda jalb qilingan.

      Ma'lumot uchun: "O‘zmetkombinat" AJ "Quyuv prokatlash majmuasini qurish" loyihasi doirasida "Danieli GmbH" (Germaniya) korxonasi bilan asosiy texnologik asbob-uskunalar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Hozirda, mazkur shartnoma doirasida ishlar bajarilmoqda va texnologik asbob-uskunalar yetkazib berish jarayoni to‘liq boshlangan.

4.004 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish