NAZARIY BILIMLARI MUSTAHKAMLANMOQDA
Kuni kecha Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali hamda Moskva po‘lat va qotishmalar instituti ("MISiS") Olmaliq filialining o‘qituvchi va talabalari "O‘zmetkombinat" AJga ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish maqsadida kelishdi.
Ular dastlab kombinat tarixi muzeyida bo‘lishib, kombinatning qurilishidan tortib bugungi kungacha bo‘lgan faoliyati, ishlab chiqarayotgan mahsulot turlari haqida ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.
So‘ngra Ferroqotishmalar ishlab chiqarish, Elektrda po‘lat eritish hamda Navli prokatlash bo‘linmalaridagi ishlab chiqarish jarayonlarini borib ko‘rishdi.
Talabalar po‘lat eritishdan tortib tayyor prokat mahsulotlari ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishar ekan, bu o‘z navbatida metallurgiya sohasida olayotgan nazariy bilimlarini yanada mustahkamlashga asos bo‘ladi.