3-MAY – JAHON MATBUOT ERKINLIGI KUNI!
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yil 3-mayda Jahon matbuot erkinligi kunini nishonlash haqida maxsus rezolyutsiya qabul qilingan. 1994-yilning 3-may sanasidan buyon Matbuot erkinligi kuni nishonlanib kelinmoqda. Mazkur sana, butun dunyoda bo‘lgani kabi, mamlakatimizda ham keng nishonlanadi.
Hozirgi davrda ochiqlik va oshkoralik, so‘z va fikr erkinligi hayotimizning asosiy mezonlaridan biridir. Shuning uchun ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish va unga bo‘lgan e'tibor tobora ortib bormoqda.
"O‘zmetkombinat" AJ yurtimizdagi barcha matbuot xodimlari, jurnalistlar va soha vakillarini 3-may — Jahon matbuot erkinligi kuni bilan samimiy tabriklab, ularning mas'uliyatli ishlariga ulkan muvoffaqiyatlar tilaydi.