+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILMOQDA

HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILMOQDA
1 / 5

   Bugun kombinatimizga Yaponiyaning "TOYOTA TSUSHO CORPORATION" kompaniyasi vakillari tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida kompaniya vakillariga kombinatning texnologik chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilishga yo‘naltirilgan istiqbolli loyihalari tanishtirildi. Shuningdek, texnologik jarayonlarda ajraladigan chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha muloqotlar olib borildi.

      "TOYOTA TSUSHO CORPORATION" kompaniyasi tomonidan muqobil energiyalar, shamol elektr stansiyasi va quyosh fotoelektrostansiyasi loyihalarini amalga oshirish yuzasidan o‘zaro hamkorlik qilish va "TOYOTA TSUSHO CORPORATION" kompaniyasi tomonidan moliyalashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Yaponiyalik mutaxassislar Ferroqotishmalar ishlab chiqarish bo‘linmasi hamda Yuqori omli koks ishlab chiqarish uchastkasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.

3.002 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish