Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

TAJRIBA ALMASHILDI

19.07.2024 19.07.2024 122

15-iyul kuni Tojikiston Respublikasining “Tojik metall” zavodi kasaba uyushmasi delegatsiyasi “O‘zmetkombinat” AJga tashrif buyurishdi. Mehmonlar dastlab kombinat tarixi muzeyida bo‘lib, muzeyning faoliyati, undagi korxona qurilishidan tortib, kombinatning ayni paytdagi ishlab chiqarish jarayonlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, taniqli metallurglar haqida qo‘yilgan eksponatlar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
    Shundan so‘ng kombinat Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Elzara Veliullayeva “Tojik metall” zavodi kasaba uyushmasi delegatsiyasi tomonidan esdalik sovg‘alarini qabul qilib oldi.

Tashrif davomida mehmonlar kombinat Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasida bo‘lib uning faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Ushbu uchrashuvni o‘tkazishdan asosiy maqsad, o‘zaro fikr almashish, tajriba oshirish, hamkorlikni yanada kengroq yo‘lga qo‘yishdan iboratdir.

“Tojik metall” zavodining kasaba uyushmasi delegatsiyasi ekskursiya davomida Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasda, Quyuv prokatlash majmuasida bo‘lishib ishlab chiqarish va qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.
Shu tariqa “Tojik metall” zavodining kasaba uyushmasi delegatsiyasining kombinatimizga tashrifi yakunlandi.

 

5.00

(1 ovoz)



Sayt test rejimida ishlamoqda