Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar /

KASBIY BILIM VA KO‘NIKMALARI OSHIRILMOQDA

26.07.2024 26.07.2024 29

Kombinat tarkibiy bo‘linmalar buyurtmalariga asosan Xodimlar malakasini baholash, o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasida joriy yilning 22-iyuldan 1-avgust kuniga qadar ishlab chiqarishdan ajralgan holda «Gaz uskunalariga xizmat ko‘rsatishda xavfsizlik qoidalari va foydalanishga ruxsat» mavzusida tarkibiy bo‘linmalarning xodimlari uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi.

72 soatlik qayta tayyorlash kursida kombinatimizning bir qator tarkibiy bo‘linmalaridan gaz uskunalariga xizmat ko‘rsatuvchi 16 nafar ishchi-xodim ishtirok etmoqda. Tinglovchilarga nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tishlari uchun kombinatning tajribali mutaxassislari jalb qilindi. Jumladan, Sanoat xavfsizligi bo‘limi va mehnat muhofazasi departamentining 2-toifali muhandisi Faxriddin Fayziyev o‘quv kursi davomida ishtirokchilarning nazariy va amaliy bilimlarini oshirmoqda.

O‘quv kursi yakuni bo‘yicha o‘tkaziladigan imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga «Gaz uskunalariga xizmat ko‘rsatishda xavfsizlik qoidalari va foydalanishga ruxsat» mavzusida malaka oshirganliklari to'g'risida guvohnomalar topshiriladi.

 

0

(0 ovoz)



Sayt test rejimida ishlamoqda