BEG‘UBOR BOLALIKNING UNUTILMAS DAMLARI
Ta’til bolalarning miriqib dam olishlari, turli-tuman tadbirlarda ishtirok etib, ijodiy va tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga keng imkon beruvchi davr hisoblanadi.
“Sohil” bolalar oromgohida ham bolajonlar 4-mavsumni kutilganidek mazmunli o‘tkazdilar.
Oromgohning yopilish marosimida Bekobod shahar hokimi maslahatchisi Ulug‘bek Abdunazarov o‘g‘il-qizlarimizga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirdi.
Shundan so‘ng bir qator oromgoh tarbiyachilari, yetakchilari va mutaxassislarga tashakkurnomalar bilan tantanali ravishda taqdirlanishdi.
Tadbir davomida oromgoh tarbiyalanuvchilari tomonidan raqslar ijro etildi, turli o‘yinlar tashkillashtirildi va shu tariqa bolajonlar oqshomlarini maroqli o‘tkazishdi.
Umuman olganda “O‘zmetkombinat” AJ va kombinat Birlashgan kasaba uyushmasiga qarashli “Sohil” bolalar oromgohida 4 ta mavsum davomida muayyan aniq reja asosida ko‘plab tadbirlar amalga oshirildi. Ular orasida bahs-munozarali o‘yinlar, sport musobaqalari,turli to‘garaklar, sayohatlarga boy qiziqarli mashg‘ulotlar, oromgoh ramzlari, guruhlar shiorlari kabi xilma-xil shakl va uslublar bolalarda yorqin taassurot qoldirdi.