Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“BIZ BIR BO‘LSAK - YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK - VATANMIZ!”

16.08.2024 16.08.2024 2467

Mustaqillik bayrami mamlakatimizning bugungi taraqqiyot darajasi, yuksalish sur’atlariga munosib tarzda nishonlanadi. Bu yil ham an’anaga sodiq qolgan holda respublikamiz bo‘ylab “Biz bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostida turli tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi Toshkent viloyati sport boshqarmasi bilan hamkorlikda Yuqori Chirchiq tumanida Vatanimiz mustaqillik bayramining 33 yilligi munosabati bilan "Bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz!" shiori ostida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar o‘rtasida spartakiada bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada jami 8 ta jamoa va 150 dan ortiq havaskor sportchilar ishtirok etishdi.
Ular sportning suzish, stol tennisi, badminton, shaxmat-shashka, gimnastrada turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Qiziqarli va murosasiz o‘tgan musobaqalarda faol ishtirok etgan kombinatimiz vakillari quyidagi natijalarni qayd etishdi. 

Shaxmat bo‘yicha  1-o‘rin Jamolov Foziljon (XIMICH), 
suzish bo‘yicha (ayollar o‘rtasida) 1-o‘rin Mirboboyeva Zarina (I/apparati), 
gimnastrada turida 1-o‘rin "Buvijonlar" jamoasiga, 
stol tennisida 2-o‘rin Pardaboyev Mahmudlarga (ZPB) nasib etdi.
Vakillarimiz umumjamoa hisobida 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

 

0

(0 ovoz)