+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

KUTILGAN NATIJALARGA ERISHILMOQDA

Kombinatimizning asosiy bo‘linmalaridan biri bo‘lgan Zoldir prokat bo‘linmasi jamoasi oldlilariga qo‘yilgan vazifalarni ortig‘i bilan uddalashdi. 

Jamoa joriy yilning iyul oyida 21 800 tonna o‘rniga 22 366 tonna mahsulot ishlab chiqarib, rejani 102,6% ga bajarishdi. Shundan, diametri 40, 50, 65, 100 va 120 mm. bo‘lgan po‘lat zoldirlar hamda 407 tonna navli prokat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Bo‘linmaning jonkuyar va mehnatsevar ishchi-xodimlar nafaqat mahsulot ishlab chiqarishda, balki tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga o‘z vaqtida yuklab berishda ham munosib natijalarga erishmoqdalar. Masalan, joriy yilning o‘tgan yetti oyi davomida jamoa 142 400 tonna o‘rniga 147 201 tonna mahsulotlarni buyurtmachilarga yetkazib berib, rejaning 103,4% bajarishdi. Topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarilishida katta usta Dilshod Rajabov va smena ustasi Ikrom Qambarov boshchiligidagi 3-brigada jamoasi boshqalarga namuna bo‘ldi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş