Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

NAZORAT TEKSHIRUV ISHLARI O‘TKAZILDI

09.09.2024 09.09.2024 120

 “O‘zmetkombinat” AJ ning xodimlariga sog‘lom mehnat sharoitlarini yaratish va kasallanishlar darajasini kamaytirish maqsadida Boshqaruv raisi- bosh direktorning 2024-yil 28-fevraldagi “Tibbiy muhandislik brigadasini tashkillashtirish to‘g‘risida” gi  buyrug‘iga asosan jadval asosida  Issiqlik o‘tkazmas materiallar ishlab chiqarish bo‘linmasida tibbiy muhandislik brigadasi tomonidan nazorat tekshiruv ishlari o‘tkazildi.

Ushbu brigada Boshqaruv - raisi bosh direktor raisligida va Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi departamenti, Xodimlarni tashkil qilish va rivojlanish direksiyasi, Ovqatlanish kombinati, Kombinat markaziy laboratoriyasi rahbarlari, kombinat Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, “Metallurg” nomli shahar shifoxonasi shifokorlari komissiya a’zoligidan  iborat. 

Tibbiy muhandislik brigadasining asosiy maqsadlari kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish, umumiy va kasbiy kasalliklarning, tibbiy yordam sifatini oshirish, xodimlarning ishlab chiqarish jarohatlarini oldini olishdan iborat.

“O‘zmetkombinat” AJ da Tibbiy muhandislik brigadasi ishlarini tashkillashtirish to‘g‘risidagi Nizomga asosan  komissiya  tomonidan tarkibiy bo‘linmada tekshirish o‘tkazish mobaynida quyidagi savollar ko‘rib chiqildi va tahlil qilindi. 

-xodimlarga sog‘lom mehnat sharoitlari yaratilganligi va kasallanish darajasi xavfini kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqilganligi va tahlili;
-xodimlarni sog‘ligini muhofaza etish chora-tadbirlari ishlab chiqilganligi.
- xodimlarni salomatligini nazorat qilish ishlarini tashkillashtirilganligi va kasallanish darajasini xavfini kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqilganligini tahlili
-tibbiy ko‘rik natijalari va tibbiy komissiya tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarilganligi
- sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini  yaratishga doir ishlar shakllari va usullarni takomillashtirilishi va ta’minlashini
- xodimlarni shaxsiy himoya vositalarini to‘g‘ri qo‘llashini tekshirish.
-kiyim almashtirish va yuvinish xonalari muntazam dezinfeksiya qilinishi va sanitariya talablariga javob berishi
-oshxona va bufetlar holati
-xodimlarni shaxsiy gigiyena talablari va shaxsiy himoya vositalarini to‘g‘ri qo‘llash talablariga amal qilishlari lozim.

Tibbiy tekshiruv natijalari yakuni bo‘yicha yig‘ilishda ishchilarning kasallanishi va shikastlanish holati, mehnatni muhofaza qilishni yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida tarkibiy bo‘linmalar hisobotlari tinglandi va kelgusida komissiya tomonidan ko‘rsatilgan takliflar bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi belgilandi.

         

 

0

(0 ovoz)