Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

ELEKTROMONTYORLAR OILASI

11.09.2024 11.09.2024 140

            Dunyoda hech qachon, hech qanday yuksak ish mehnatsiz yuzaga chiqmaydi deyishadi. Bu so‘zlar zamirida ma’lum bir haqiqat bor, sababi mehnat - harakatlar mevasining omili hisoblanadi, aynan shu intilish bilan qilingan ishda unum bo‘ladi. Elektr ta’mirlash bo‘linmasida 23 yildan beri elektromontyor vazifasida mehnat qilib kelayotgan Nasiba Hamroqulova ham mehnati tufayli bugun hamkasblari orasida hurmatda.

          Ilk ish faoliyatini 2003-yil shu bo‘linmada boshlagan qahramonimiz yosh bo‘lishiga qaramasdan ustozi ya’ni onasi Shahodat Fayzullayevadan kasb sirlarini o‘rganib malakali ustozga aylanishga ham ulgurdi. Umuman olganda Nasiba Hamroqulovani oilaviy elektromontyorlar oilasi desak ham bo‘ladi. Sababi yuqorida aytganimizdek akasi Bahodir Xolmirzayev, turmush o‘rtog‘i Davlat Hamroqulovlar aynan shu kasbni tanlab kombinatimizda sidqidildan mehnat qilib kelishmoqda.

          Bo‘linmada ustoz-shogird an’analari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Shu sababli ham bu yerda mehnat qilayotgan jonkuyar, talabchan, ishiga jiddiy yondashadigan tajribali ishchi-xodimlar borligi sabab ham jamoa kelishgan holda oldlilariga qo'yilgan vazifalarni bajarib kelishmoqda.

          Aytishlaricha, kishining qalbi uning qilgan ishlarida aks etar ekan. Bo‘linmadagi bajarilgan ishlarni ko‘rib shunday fikrga keldikki, Nasiba Hamroqulova singari talabchan metallurg ayollar borligi sababli ham topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilmoqda.

    

 

5.00

(6 ovoz)