+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK

Havolar sovishi bilan har birimiz issiq suvga ehtiyoj sezamiz. Kombinatimizda  Energetika bo‘linmasi barcha tarkibiy bo‘linmalarni issiq suv bilan ta'minlab kelmoqda. Buning uchun bo‘linmada 4 ta qozonxona bo‘lib, u yerda malakali, o‘z ishining ustasi bo‘lgan  kadrlar mehnat qilib kelishadi.

    Ayni damda quvurlarda issiqlik yo‘qotilishi oldi olinishi maqsadida quvurlarini issiq o‘tkazmas materiallar bilan qo‘plash ishlari bajarilmoqda. Mutaxassislar bor imkoniyatlarini ishga solib sifatli xizmat ko‘rsatish borasida mehnat qilishmoqda.

  Masalan, 2 dona "Harakat 2000 GG " qozonlari joriy ta’mirdan chiqarildi. 2 dona issiqlik almashinish qurilmasi kapital ta’mirlandi.  3 dona D 330/70 markali nasoslar, 2 dona K100/65 nasoslari va 3  dona K 80/50 markali nasoslar joriy va kapital ta’mirlandi. 2 dona zamonaviy plastinkali issiqlik almashinuv (teploobmennik) qurilmalari o‘rnatildi. Iste’molchilarga issiq suvni bir me’yorda o‘tkazish uchun suv taqsimlash kollektorlarlari  o‘rnatildi.

5.001 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish