+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

MEHNAT SHAROITINI YAXSHILASH MAQSADIDA YIG‘ILISH O’TKAZILDI

MEHNAT SHAROITINI YAXSHILASH MAQSADIDA YIG‘ILISH O’TKAZILDI
1 / 2

Kombinatning barcha tarkibiy bo’linmalarining mehnat muhofazasi muhandislari hamda vakillari ishtirokida baxtsiz hodisalarning oldini olish, xodimlarga mehnat sharoitini yaratish va xavfsiz mehnatni ta’minlash maqsadida Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi departamenti rahbarlari Gulmira Tashmatova va Dilshod Madmarovlar tomonidan yig‘ilish o’tkazildi. Yig‘ilish davomida 2024-yil sentabr oyida tarkibiy bo’linmalarda mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo’yicha aniqlangan kamchiliklar ko’rilib, tahlil qilindi hamda qoida buzilishlar va baxtsiz hodisalarning oldini olish bo’yicha departament rahbarlari tomonidan har bir bo’linma vakillariga topshiriqlar berildi va chora-tadbirlar belgilandi. 

Tarkibiy bo’linmalarning mehnat muhofazasi muhandislari hamda vakillari majlis yakunida 2025-yil uchun sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo’yicha ishchi-xodimlarga mehnat sharoitini yaratish maqsadida, chora-tadbirlarni ishlab chiqishlari bo’yicha 2-sonli buyruqqa tayyorgarlik ko’rishlari va 2025-yilga kombinat xodimlarini tibbiy ko’rikdan o’tishlari bo’yicha belgilangan muddat ichida ro’yxat tuzilishi bo’yicha vazifalar olishdi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş