BOLALAR O‘RTASIDA FUTBOL BO‘YICHA XALQARO TURNIR O‘TKAZILADI
2024-yilning 3-10-noyabr kunlari Bekobod shahrida ilk bor “O‘zmetkombinat” AJ tashkil etilganining 80 yilligiga bag‘ishlangan futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida “Metal Cup 2024” xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.
Turnirga O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikistondan yetakchi jamoalar taklif etilgan.
Ochilish marosimi va uchrashuvlar “Metallurg” PFK akademiyasi stadionlarida bo'lib o'tadi. Final va yopilish marosimi “Metallurg” markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.
Madaniy dastur doirasida Toshkent shahriga sayohatlar rejalashtirilgan. Bu yerda yosh futbolchilar poytaxtning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilish, shaharning qadimiy an’analari va zamonaviy qiyofasi muhitiga sho‘ng‘ish, shuningdek, ajoyib yurtimiz madaniyati va tarixi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.