Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

BUYURTMALAR O‘Z VAQTIDA BAJARILMOQDA

22.10.2024 22.10.2024 3369

“O‘zmetkombinat” AJning Tajriba konstruktorlik laboratoriyasida  kombinat tarkibiy bo‘linmalari uchun  talab asosida turli uskunalar, dastgohlar, moslamalar  yasalmoqda.

Jumladan, Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasi uchun issiq briketlangan temir liniyasi  yasab bitkazildi, Metallurgiya ilmiy markazi boshchiligida sinov uchun pech tayyorlanmoqda va pech tayyor bo‘lsa turli markadagi po‘latlarni sinov yo‘li bilan o‘rganib o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari Navli prokat bo‘linmasi uchun stan 300 12- kleti vallarini modernizatsiya qilish ishlari yakuniga yetib qoldi, tez kunlarda sinab ko‘rish uchun topshiriladi. Bundan maqsad klet vallarini sotib olmasdan o‘zimizda tayyorlash. 

Shu bilan bir qatorda Ferroqotishmalar ishlab chiqarish, Energetika, Ta’mirlash mexanika, Quyuv mexanika va boshqa ko‘plab bo‘linmalardan kelib tushayotgan buyurtmalar bajarib kelinmoqda.

 

0

(0 ovoz)