"O‘ZEKSPOMARKAZ”DA 18-XALQARO KO‘RGAZMA BO‘LIB O‘TMOQDA
Nufuzli yarmarkada "O‘zmetkombinat" AJ mutaxassislari ham ishtirok etishmoqda. Ushbu tadbirda qatnashish yangi mahsulotlarni namoyish etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligi va raqobatchilar salohiyatini baholash, investor va hamkorlar topish, hamkasblar bilan tajriba almashish imkonini beradi. O‘tgan yillar davomida ko‘rgazma O‘zbekiston kon-metallurgiya majmuasi oldida turgan muammolarni hal etishda samarali biznes platforma ekanligini isbotladi.
Sohadagi yetakchi kompaniyalarning ishtiroki va yildan yilga yangi ishtirokchilar soni ortib borayotgani tufayli ko‘rgazmaga tashrif buyurish bozordagi vaziyatni baholash, turli yetkazib beruvchilarning takliflarini solishtirish va sanoatning rivojlanish tendensiyalari bilan tanishish imkonini beradi.