“O‘ZMETKOMBINAT”NING 80-YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN BAYRAM TADBIRLARI
4-noyabr kuni ertalab “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati faxriylari va ishlab chiqarish ilg‘orlari Metallurglar madaniyat saroyidan avtobusda kombinat tarixi muzeyiga yo‘l oldi. Bu yerda ular O‘zbekiston metallurgiya kombinatining qurilishi va rivojlanishi tarixi bilan atroflicha tanishdilar. Ularning ko‘pchiligi o‘tgan yillar fotosuratlari va stendlarini ko‘rib, kombinatdagi ishlagan davrlarini yodga olishdi, uning yangi yutuqlaridan quvonishdi.
Kombinat tarixi muzeyini tomosha qilganlaridan so‘ng mehmonlar maxsus tayyorlangan maxsus kiyimlarni kiyib, Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasiga yo‘l olishdi.