"ENG YAXSHI YOSH DASTURCHI" KO‘RIK-TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI
"O‘zmetkombinat" AJda mehnat qilayotgan, 35 yoshdan oshmagan yoshlar o‘rtasida "Eng yaxshi yosh dasturchi" tanlovi o‘tkazilgan edi. Ilk marotaba tashkil etilgan tanlovda dasturlash sohasiga qiziqadigan, turli kasbda ishlaydigan yoshlar ishtirok etishdi. Bugungi kunda ijtimoiy hayotning qaysi jabhasiga ko‘z tashlamaylik, hamma joyda kompyuter dasturlash jarayoni jadal sur’atlarda amalga oshayotganini ko‘rish mumkin.
Ma’lumki, kompyuter – foydalanuvchi uchun turli masalalarni yechishda eng yaqin yordamchi. Xususan, insonga qulaylik yaratish uchun matn, grafik muharrirlar, taqdimot yaratuvchi dasturlar, elektron jadvallar singari ko‘plab amaliy dasturlar ishlab chiqilgan.
Xabaringiz bor, "O‘zmetkombinat" AJda mehnat qilayotgan, 35 yoshdan oshmagan yoshlar o‘rtasida "Eng yaxshi yosh dasturchi" tanlovi o‘tkazilgan edi. Ilk marotaba tashkil etilgan tanlovda dasturlash sohasiga qiziqadigan, turli kasbda ishlaydigan yoshlar ishtirok etishdi. Tanlovda yosh metallurglar 2 bosqichda, nazariy va amaliy topshiriqlar orqali bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Hakamlar hay’ati xulosasi bilan quyidagi ishtirokchilar g‘olib va sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
1-o‘rin Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari laboratoriyasidan Bekzod Jo‘rayevga, 2-o‘rin Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari laboratoriyasidan Sherzod Jabborovga, 3-o‘rin Mahsulot sifati va standartlariga rioya etilishi xizmatidan Doston Xusainovga nasib etdi.
G‘oliblar tanlov nizomida ko‘ra kombinat rahbariyati tomonidan bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishadi.