TOSHKENT VILOYATIDA HUDUDIY TARMOQLARARO SANOAT YARMARKASI BOSHLANDI
Bugun, 7-noyabr kuni Toshkent viloyatida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi. Unda tog‘-kon metallurgiyasi, kimyo sanoati, elektroenergetika, elektrotexnika, qurilish materiallari va qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish sohalariga ixtisoslashgan korxonalar o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda.
Ushbu ko‘rgazmada "O‘zmetkombinat" AJ prokat, po‘lat zoldirlar, rangli metallar, issiqlik o‘tkazmas materiallar, po‘lat simlar, sirlangan po‘lat idishlar kabi mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.
Yarmarkalarning o‘tkazilishi - yirik tarmoq korxonalari hamda hududiy tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlanishi, shuningdek, ishtirokchilarga respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar to‘g‘risida axborotlarni taqdim etish, yangi shartnomalar imzolash, hamkorlikda istiqbolli loyihalarni rejalashtirish uchun o‘ziga xos savdo maydoni bo‘lib xizmat qiladi.