+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

SANOAT XAVFSIZLIGI YIG‘ILISHI

SANOAT XAVFSIZLIGI YIG‘ILISHI

Bugun  Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi departamenti direktori Axmadjon Uzoqov tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda departament xodimlari , bo‘linma mehnat muhofazasi muhandislari va vakillari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda mehnatni  muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha me’yorlar, qoidalar va yo‘riqnomalar talablariga qat’iy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda xodimlarning belgilangan me’yorlarga muvofiq maxsus kiyim, shaxsiy himoya  vositalarini kiyishi qat’iy  nazorat ostiga olinishi ta’kidlab o‘tildi.

Bundan tashqari kombinatda baxtsiz hodisalarni oldini olish yuzasidan chora -tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ham kelishib olindi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş