YUKSAK MUKOFOT MUBORAK!
Yuksak mukofot muborak bo‘lsin, aziz metallurglar!
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni e’lon qilindi.
Mukofotlangan yurtdoshlarimiz orasida O‘zbekiston metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati ishchisi ham borligi barchamizga faxr va quvonch bag‘ishladi.
Farmonga ko‘ra, Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasi operatori Mirzamatov Abdumo‘min Muxtarovich “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.
Kombinat rahbariyati va ishchi-xodimlari nomidan hamkasbimizni ushbu yuksak mukofot bilan muborakbod etamiz.