MUKOFOTLAR MUBORAK!
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan "Mo‘tabar ayol" ko‘krak nishoni bilan tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
E'tiborlisi, taqdirlanganlar orasida kombinatning Ijroiya apparati Yuridik departamentida bo‘lim boshlig‘i vazifasida ko‘p yillar fidokorona mehnat qilgan Ismoilova Roza Ashuraliyevna ham bor. U "Mo‘tabar ayol" ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.
Roza Ashuraliyevnani ushbu yuksak mukofot bilan chin dildan tabriklab, kelgusidagi ish faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!