SIRLANGAN PO‘LAT IDISHLAR EKSPORT QILINDI
“O‘zmetkombinat” AJning Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish bo‘linmasida ishlab chiqarilayotgan sirlangan po‘lat idishlar sifati va bejirimligi bilan jahon bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda.
Joriy yilning oktabr oyida sirlangan po‘lat idishlar Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Bolgariya kabi davlatlarga eksport qilingan.
2024-yil boshidan buyon (10 oy davomida) Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Latviya, Moldova, Chexiya, Ozarbayjon, Bolgariyaga sirlangan po‘lat idishlari eksport qilingan.